12-noyabr kuni Millat Umidi universiteti Yaponiyaning Nagoya City universiteti delegatsiyasini qabul qildi. Universitet delegatsiyasi Dr. Chihara Satoshi, Dr. Naomi Akiyama va Dr. Shigeaki Mishima bilan samarali uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuv davomida universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikning yangi yo‘llari muhokama qilindi. Jumladan, professor va studentlar almashinuv dasturlari, magistratura ta’limida qo‘shma ta’lim turini tashkil qilish bo‘yicha kelishildi.
Hamkorlik: O‘zbekiston–Yaponiya
Millat Umidi universiteti va Yaponiyaning U-Ravo IT kompaniyasi o‘zaro hamkorlik memorandumi imzoladi. Kelishuvga ko‘ra, universitetning IT yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar