MU Universitetida biz sizni shunchaki o’qitmaymiz, balki orzu qilgan ishingizni topishga tayyorlaymiz. Kelajagingizda sizni qo’llab-quvvatlaymiz! Eng yaxshi bo’lish uchun eng yaxshilaridan o’rganing! Imkoniyatni qo’ldan boy bermang va bugun MU universitetiga ro’yxatdan o’ting!

talabalar
yil asos solingan
grantlar berilgan
Biz haqimizda
Bizning maqsadimiz — sizning muvaffaqiyatli karyerangiz uchun sifatli ta'lim berish
“Millat Umidi” O’zbekiston va chet elda talab qilinadigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi. Biz bilan birgalikda professional kelajagingizni qurishni boshlang. “Millat Umidi”da 3 yildan ortiq vaqt davomida dolzarb va talab yuqori bo’lgan kasblarga o’qitish olib borilmoqda. Bizda siz o’z biznesingizni rivojlantirish yoki yirik kompaniyaga ishga joylashishingiz uchun zarur bo’lgan bilimlarni olasiz.
Bakalavriat dasturlari
- Kunduzgi: 4 yil
- Sirtqi: 4 yil
- Til: O'zbek
- Narxi: 17.000.000 so'm
- Kunduzgi: 4 yil
- Sirtqi: 4 yil
- Til: Ingliz
- Narxi: 25.000.000 so'm
- Kunduzgi: 4 yil
- Til: Ingliz
- Narxi: 25.000.000 so'm
- Kunduzgi: 3 yil
- Til: Ingliz
- Narxi: 18.000.000 so'm
- Kunduzgi: 4 yil
- Sirtqi: 4 yil
- Til: Ingliz
- Narxi: 25.000.000 so'm
Millat Umidi Universiteti Grantlari: Talablar va Imkoniyatlar
Millat Umidi universitetining birinchi bosqichiga oʻqishga kirgan talabalar 30% dan 100% gacha boʻlgan oʻquv toʻlovi miqdorini qoplaydigan grantlarni olish imkoniyatiga egalar. Quyida grant olish uchun talablar keltirilgan:
Grant turi | Talablar | Dasturlar |
---|---|---|
100% grant | IELTS 7.0 + SAT 1300 dan yuqori | Barcha dasturlar |
100% grant | IELTS 8.0 yoki undan yuqori | Ingliz tilini oʻqitish (CELTA) |
50% grant | IELTS 7.5 yoki SAT 1300 dan yuqori | Barcha dasturlar |
30% grant | Qizil shahodatnoma yoki oltin medal | Barcha dasturlar |
Eslatma: Millat Umidi universiteti tomonidan taqdim etiladigan grantlar faqat bitta oʻquv yili uchun amal qiladi. Grantni keyingi kurslarda saqlab qolish uchun talabalar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:
•Oʻrtacha baho 4.9 dan past bo‘lmasligi kerak;
•Universitetning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etish;
•Sababsiz dars qoldirishlar boʻlmasligi.
"Millat Umidi" madhiyasi
Ey Dunyo! Boryapman – meni qarshi ol –
Shu buyuk millatning umidiman men!
Jahon beshigini tebratib qo‘ygan,
Ilmu irfon nurin taratib qo‘ygan,
Olamni o‘ziga qaratib qo‘ygan
Shu buyuk millatning umidiman men!
Tomirimda oqar daholar qoni,
Kim bilmas Xorazmiy, Ibn Sinoni!
Tog‘lardan balanddir shavkatu shoni
Shu buyuk millatning umidiman men!
Nomin eshitganda tik turib dunyo,
Beruniy bobomga aytar tasanno,
Ko‘ksimda iftixor, boshimda Humo
Shu buyuk millatning umidiman men!
Ovro‘po eslasa, titraydi hamon,
Temur qilichidan qoldik deb omon,
Yigirma yetti taxt sohibi hoqon –
Shu buyuk millatning umidiman men!
Amerika uchar fazoga sho‘ng‘ib,
Shoh Ulug‘bek yozgan kitobni o‘qib…
Bas, yetar, turmayman bir chetda qo‘rqib,
Shu buyuk millatning umidiman men!
Jadid bobolarim, oydin zotlarim,
Ochilmay yulingan iste’dodlarim,
Bo‘g‘zimni kuydirar ohu dodlarim,
Shu buyuk millatning umidiman men!
O‘tgan kunlar endi tarixdir beshak,
Bu Vatanga yangi daholar kerak,
Meni chorlamoqda nurli kelajak,
Shu buyuk millatning umidiman men!
Menga yordir omad, men bilan iqbol,
Hali yetti iqlim qolar hayron, lol,
Ey Dunyo! Boryapman – meni qarshi ol –
Shu buyuk millatning umidiman men!
Bepul konsultasiya olishni istaysizmi?
O'zingizga mos variantni tanlashda qiynalyapsizmi? Kuchli tomonlaringizni hali bilmasangiz ham, biz sizga tanlashda yordam beramiz. Kontaktlaringizni qoldiring, va biz siz bilan bog'lanamiz!
Talabalar va bitiruvchilar fikri
Yangiliklar
Talabalar hayoti





Bitiruvchilarimiz yetakchi kompaniyalarda muvaffaqiyatli karyera rivojlantirmoqdalar







