Yaponiyaning U-Ravo IT kompaniyasi Millat Umidi universiteti talabalari uchun innovatsion texnologiyalar va raqamli infrastrukturani rivojlantirishga bag‘ishlangan trening tashkil etdi.

🤩 Ushbu tadbirda kompaniya mutaxassislari IT sohasidagi yangi yondashuvlar, dasturiy ta’minot yaratish jarayonlari va ilg‘or texnologik yechimlar haqida batafsil ma’lumot berishdi.

U-Ravo kompaniyasining tajribali mutaxassislari talabalar bilan o‘z bilim va tajribalarini bo‘lishib, ularga zamonaviy raqamli texnologiyalar, global IT bozoridagi tendensiyalar hamda yapon texnologiya kompaniyalarida ishlash imkoniyatlari haqida tushuncha berdilar.

Bunday treninglar talabalarning texnologik bilimlarini kengaytirish, ularni global IT maydoniga tayyorlash va kelajakda xalqaro miqyosdagi mutaxassis bo‘lishlariga yordam beradi.

BECOME A GLOBAL CITIZEN WITH MILLAT UMIDI UNIVERSITY