Uzoqni ko‘zlagan hamkorlik

Millat Umidi universitetining navbatdagi hamkorlik memorandumi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi bilan imzolandi.

Ushbu kelishuv ta’lim va ilm-fan sohasidagi ilg‘or tajribalarni birlashtirish, talabalarimizni fan va texnologiyalar olamiga chuqurroq sho‘ng‘ishga undash maqsadida tuzildi. 📚

Bu hamkorlik orqali, nafaqat ta’lim sifatini oshirish, balki yoshlarimizni global ilm-fan arenalariga tayyorlashda yangi ufqlar ochiladi, deb umid qilamiz. Hamkorlikdagi loyihalar va tashabbuslar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar yaqin orada e’lon qilinadi.