🤩 Har yili o‘tkazilishi an’anaga aylangan «Yoshlar forumi» doirasida yurtimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shayotgan yoshlar va mutaxassislar uchun taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimda ustozimiz Umidjon Ishmukhammedov «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoniga munosib deb topildi va tantanali ravishda mukofotlandi.
🏅 «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni 1997-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq ta’sis etilgan bo‘lib, joriy yilda butun respublika bo‘ylab 110 nafar fidoyi yoshlar ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlandi.
🔥 Ustozimizning yutuqlari – biz uchun yorqin yulduz, oldinga intilishimiz uchun kuch bag‘ishlaydigan mayoqdir!
BECOME A GLOBAL CITIZEN WITH MILLAT UMIDI UNIVERSITY