🥇Millat Umidi universitetining BA 1-05 guruhidan bo‘lgan talaba Zaripov Siddiq Toshkent shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan boks chempionatida g‘olib chiqdi.
Zaripov Siddiq 54 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida qatnashib, ajoyib natija ko‘rsatdi va birinchi o‘rinni egalladi. U nafaqat shaxsiy sport yutug‘iga erishdi, balki universitetimiz nomini sharaf bilan yuqori pog‘onaga olib chiqdi. Bu g‘alaba uning mehnati, iroda kuchi va mahoratining yorqin tasdig‘idir.
Ushbu yutuq universitet talabalari uchun ilhom manbai bo‘lib, sport va ta’limni uyg‘unlashtirishning ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatadi. Zaripov Siddiqning ushbu muvaffaqiyati universitetimizning sport yo‘nalishidagi sa’y-harakatlarini va talabalar o‘rtasidagi jamoaviy ruhni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.