Millat Umidi Universitetida talabalar uchun muhim imkoniyat yaratgan Mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Ushbu tadbirda 15 dan ortiq mahalliy va xalqaro kompaniyalar vakillari ishtirok etdi. Yarmarka davomida kompaniyalar vakillari talabalarimizga o‘z tashkilotlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari va professional rivojlanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Tadbirning asosiy maqsadi — universitet talabalari va bitiruvchilarini ish beruvchilar bilan bevosita bog‘lash, ularning kasbiy yo‘nalishini belgilashda ko‘maklashish hamda mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishda real tajriba berishdan iborat bo‘ldi. Mehnat yarmarkasi davomida ko‘plab talabalarimiz amaliyot dasturlariga qabul qilindi. Bu esa ularning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, real ish muhitini o‘rganish va kelajakdagi karyerasini shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi. Universitetimiz doimo talabalarni ishga joylashtirish, ularning karyerasini qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy mehnat bozoriga tayyorlash yo‘lida faol harakat qilmoqda. Bu kabi tadbirlar esa ushbu maqsad sari qo‘yilgan navbatdagi samara