Millat Umidi universiteti va Istanbul Medipol universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum ikki oliy ta’lim muassasasining uzoq muddatli hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, ilmiy, ta’lim va tadqiqot sohalarida qo‘shma faoliyatni amalga oshirishni nazarda tutadi. Ushbu kelishuv asosida ikki universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun tajriba almashish dasturlari tashkil etiladi, turli qo‘shma ilmiy loyihalar va tadqiqotlar amalga oshiriladi.

🌟 Bundan tashqari, hamkorlik ta’lim sifatini oshirish, qo‘shma ma’ruzalar va seminarlar o‘tkazish, innovatsion texnologiyalarni birgalikda joriy etish hamda global ta’lim sohasidagi dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan yangi strategiyalar ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.

BECOME A GLOBAL CITIZEN WITH MILLAT UMIDI UNIVERSITY