📅 Toshkent, 10-fevral, 2025-yil – Millat Umidi Universiteti (MUU) xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirib, Malaysia Asia Pacific University of Technology & Innovation (APU) vakillari bilan muhim uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda akademik hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
APU vakillari, jumladan, Ts. Nur Zahdi Aldin (Sifat boshqaruvi va reytinglar bo‘yicha direktor) va Aziza Alimova (MDH mintaqasi bo‘yicha vakil), MUU rahbariyati bilan uchrashib, qo‘shma ta’lim dasturlari, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, shuningdek, akademik rivojlanish yo‘nalishlarini muhokama qilishdi.
🎙 Rektor PhD Dinara Ishmanova ta’kidladi:
“Bu hamkorlik talabalarga xalqaro tajriba va zamonaviy texnologiyalar bilan tanishish imkoniyatini taqdim etadi.”
O‘zaro Anglashuv Memorandumi (MoU) yakuniy bosqichda bo‘lib, bu MUUning global akademik integratsiyasi yo‘lidagi muhim qadamdir. Yangiliklarni kuzatib boring!
🔗 2025-yil qabul boshlandi! (Erta ro‘yxatdan o‘tish)
Ro‘yxatdan o‘tish
BECOME A GLOBAL CITIZEN WITH MILLAT UMIDI UNIVERSITY