Millat Umidi Universiteti talabalari uchun ALTUG’ Textile korxonasida sayyor dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Sayyor darslar talabalarga zamonaviy tekstil ishlab chiqarish jarayonlarini bevosita joyida kuzatish va real sharoitlarda amaliy bilim olish imkonini berdi. Ushbu tashrif davomida talabalar xomashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan barcha jarayonlar bilan yaqindan tanishishdi.

🤩 Ekskursiya davomida talabalarga korxonaning texnologik uskunalari, ishlab chiqarish bosqichlari va ilg‘or innovatsion yechimlari haqida batafsil tushuntirish berildi. Shuningdek, soha mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazilib, talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Bunday amaliy mashg‘ulotlar talabalar uchun juda muhim bo‘lib, nazariy bilimlarini mustahkamlash va kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uchun muhim tajriba orttirish imkonini beradi.

BECOME A GLOBAL CITIZEN WITH MILLAT UMIDI UNIVERSITY