O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 464-son buyrug‘iga muvofiq “2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida”, Millat Umidi universiteti talabalari yuksak natijalarga erishdi!
📌 Mahkamova Maftuna, Xorijiy tillar fakulteti (Ingliz tilini o‘qitish yo‘nalishi) talabasi “Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi” sohibasi bo‘ldi.
📌 Rashidov Bahodir, Xalqaro biznes fakulteti talabasi, “Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi” g‘olibi bo‘ldi.
Universitetimiz faxri bo‘lgan stipendiya sohiblarini ushbu yutuqlari bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz! Omad yor bo‘lsin, millatimiz umidlari!
BECOME A GLOBAL CITIZEN WITH MILLAT UMIDI UNIVERSITY