Millat Umidi universiteti PRESETT loyihasiga qo’shildi!

🤩 O‘zbekistonda bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining milliy ta’lim tizimidagi islohotlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Britaniya Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, hamda qator universitetlar bilan hamkorlikda 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan loyiha amalga oshirilmoqda.

📚 Ushbu loyiha doirasida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining ta’lim dasturlariga refleksiya amaliyoti va uzluksiz kasbiy rivojlanish tamoyillarini joriy qilish maqsad qilingan.

🔥 Joriy yilning 9-11 yanvar kunlari loyiha doirasida 160 nafar bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlovchi mutaxassislar uchun intensiv trening tashkil etildi. Ushbu muhim tadbirda Millat Umidi universiteti ELT yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etdilar.

BECOME A GLOBAL CITIZEN WITH MILLAT UMIDI UNIVERSITY