- Bosh sahifa
- Abituriyentlarga
Qanday kirish mumkin
Millat Umidi Universiteti Grantlari: Talablar va Imkoniyatlar
Millat Umidi universitetining birinchi bosqichiga oʻqishga kirgan talabalar 30% dan 100% gacha boʻlgan oʻquv toʻlovi miqdorini qoplaydigan grantlarni olish imkoniyatiga egalar. Quyida grant olish uchun talablar keltirilgan:
Grant turi | Talablar | Dasturlar |
---|---|---|
100% grant | IELTS 7.0 + SAT 1300 dan yuqori | Barcha dasturlar |
100% grant | IELTS 8.0 yoki undan yuqori | Ingliz tilini oʻqitish (CELTA) |
50% grant | IELTS 7.5 yoki SAT 1300 dan yuqori | Barcha dasturlar |
30% grant | Qizil shahodatnoma yoki oltin medal | Barcha dasturlar |
Eslatma: Millat Umidi universiteti tomonidan taqdim etiladigan grantlar faqat bitta oʻquv yili uchun amal qiladi. Grantni keyingi kurslarda saqlab qolish uchun talabalar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:
•Oʻrtacha baho 4.9 dan past bo‘lmasligi kerak;
•Universitetning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etish;
•Sababsiz dars qoldirishlar boʻlmasligi.
Yotoqxona
Bizning yotoqxonalarimizning afzalliklari
Kirishga onlayn ariza topshirish uchun video ko'rsatma
Tez-tez beriladigan savollar
Millat Umidi Universitetining missiyasi nima?
Millat Umidi Universiteti to‘liq grant taklif qiladimi?
Ha, albatta. Millat Umidi Universitetida taklif etiladigan grantlarga qo‘yiladigan talablar:
Akademik yutuqlar uchun grantlar:
1. IELTS 7.0 + SAT 1200 + suhbat = 100% to‘liq grant
2. IELTS 7.5 + suhbat = 50% grant
3. SAT 1300 + suhbat = 50% grant
4. IELTS 8.0 + suhbat = 100% grant (ELT uchun)
Qabul davri bormi? Millat Umidi Universiteti qishki qabulni taklif qiladimi?
Arizalarni topshirish uchun oxirgi muddat — 31 oktabr. Millat Umidi Universiteti qishki qabulni taklif qilmaydi.
Millat Umidi Universitetida ta'lim yilining boshlanishi va tugash sanasi qanday?
Men ta'lim kontraktini oylik to'lovlar bilan to'lashim mumkinmi?
Abituriyent va Millat Umidi Universiteti o‘rtasidagi shartnomaga ko‘ra, to‘lov har qanday bank yoki Click/PayMe mobil to‘lov xizmatlari orqali amalga oshirilishi mumkin. Millat Umidi Universiteti oylik to‘lovlarni qabul qilmaydi.
Men birinchi kursni tamomlaganimdan so‘ng boshqa oliy o‘quv yurtiga o‘tishim mumkinmi?
Agar siz xalqaro dasturlardan birida o‘qiyotgan bo‘lsangiz, o‘qishingizni Yevropa, Sharqiy va G’arbiy Osiyo, AQSH, Kanada kabi mamlakatlarning 400’dan ortiq universitetlarda o’qishni davom ettirishingiz mumkin. Biroq, ko’chirish talablarini universitetdan universitetga farq qilishi mumkin.
Millat Umidi Universitetida abituriyent hujjatlari ro'yxatdan o‘tganidan keyin qancha vaqt ichida rasmiylashtiriladi?
Kerakli hujjatlarning barchasini topshirgandan so‘ng nima qilishim kerak?
Shartnoma imzolanganidan so‘ng to‘lov qachon amalga oshirilishi kerak?
Ichki imtihon qancha turadi?
Kirish imtihoni narxlari fanlar va imtixon turiga qarab 3 turli hisoblanadi:
1. 150,000 so’m – Ingliz tili;
2. 150,000 so’m – Matematika;
3. 100,000 so’m – Online imtixon
To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, nomzod testda qatnashishi mumkin.