Yuqorida Millat Umidi universiteti va Fan olimpiadalari markazi o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygani haqida xabar bergan edik. Ilk loyiha esa abituriyentlar uchun katta imkoniyat bo‘ldi. 🌟
Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi g‘oliblari hamda ishtirokchilari uchun 7 ta nufuzli xalqaro hamda xususiy universitetlar grant ajratdi va ular orasida Millat Umidi universiteti ajratgan grant eng ko‘p – 1 mlrd 224 mln so‘mnitashkil etdi!
Bu nimani anglatadi?
✅ Universitetga grant asosida qabul qilinish
✅ Eng ilg‘or ta’lim muassasasida o‘qish imkoniyati
✅ Akademik va ilmiy faoliyatni rivojlantirishga sharoit
✅ O‘z sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lish uchun keng yo‘l
📣 Admission 2025 is open. Join us!