8-mart bayramingiz muborak bo’lsin!

Yurtimizga bahor kelishi bilan koʻngillar iliqlikka, goʻzallikka oshufta boʻladi. Bahorning ilk kunlaridanoq boshlanadigan bayramlar barchaga xush kayfiyat baxsh etadi. 🌸

Sochlariga tolbargakdan jamalak taqib qiyqirib oʻynayotgan jajji qizaloqlar, umr yoʻllaringiz bahor gullariga burkansin. Orzu va maqsadlari osmon qadar boʻlgan ilmga chanqoq qizlarimiz, Bahoroy sizga doim hamroh boʻlsin, bahor gullaridek nafis va maftunkor boʻling. Oʻz farzandiga jondan ortiq mehr ulashuvchi mehribon va munis onajonlar, aziz ayollar, bayramingiz muborak boʻlsin. Bahor sizga olam goʻzalliklarini tuhfa etsin. 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami muborak boʻlsin!